ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 21-dekabr kuni «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi assistent o‘qituvchisi A.Xojametov tomonidan dekabr oyi “Dzyudo” guruhi tinglovchilariga “Milliy va olimpiya sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi”ning dzyudo zalida “Tanlangan sport turini o‘qitish uslubiyati» modulidan ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi. Ko‘chma mashg‘ulotda tinglovchilarga dzyudo sport turi bo‘yicha malakali trener, jahon chempioni N.Xojabaev mashg‘ulotlarning amalda bajarilishi va sportchilarni chempionatlarga tayyorlash sirlari haqida tushunchalar berishdi.