Nukus filialida “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi assistent o‘qituvchisi M.Atashovning “Sport oyınları, Basketbol, Voleybol va Gandbol oyınlarında paydalanılatug‘ın terminler” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi qoraqalpoq tilida nashrdan chiqdi. Joriy yilning 22-dekabr kuni filial kutubxonachisi N.Dauenova tomonidan dekabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma taqdimoti tashkil etildi. Taqdimotda muallif tinglovchilar bilan qo‘llanma haqida suhbatlashdi va savollariga javob berishdi. Yangi qo‘llanma kutubxona fondidan joy oldi.




