Sport maktablari faoliyati oʻrganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat sport-taʼlim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-268-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali direktori Q. Mamutov tomonidan “Nukus shahar 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi”da noolimpiya sport turlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan trenerlarni, olimpyia sport turlariga o‘tkazish choralarini ko‘rish yuzasidan tahliliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.