O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvar kungi O‘RQ-815-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 1-fevral kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali «Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri t.f.n N.Tleubergenova tomonidan filial xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.




