Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 28-fevral kuni “Sogʻlom tanda sogʻ aql” mavzusida “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” yoʻnalishi tinglovchilari uchun “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsent v.v.b. G.Ilyasova tomonidan seminar tashkil etildi. Seminarda inson har tomonlama sog‘lom bo‘lishida har doim sport bilan shugʻullanib turishi, faqatgina sport emas, balki, togʻri ovqatlanish, oʻz vaqtida uxlashi, tozalikka rioya qilishi, har kuni badantarbiya bilan shugʻullanishi zarurligi haqida aytildi.




