Nukus filialida qabul jarayoni.

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2023-yilda o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari reja-jadvali va tinglovchilar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 01/1299-A/f-sonli buyrug‘i asosida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutning Nukus filialida mart oyi uchun qabul jarayoni davom etmoqda. Filalning Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish boʻlimi xodimlari tomonidan qabul jarayonida tinglovchilardan talab qilinadigan hujjatlar va malaka oshirish jarayoni haqida tinglovchilarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.