Yoshlar siyosati va sport vazirligi ishchi guruhining Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat safari Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyatini o’rganish bilan boshlandi. Xususan markaz xodimlari bilan suhbat davomida o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan qishki attestasiya natijalari hamda bu borada bildirilayotgan e’tirozlar ko‘rib chiqilib, attestasiyadan o‘tgan o‘quvchilarning tizim bo‘yicha ijtimoiy fikrlari o’rganildi. Shu bilan birga ustuvor masalalardan biri sportchi-o‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va holati ko’zdan kechirildi.
Shuningdek sohani raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar, jumladan Sport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha 24 ta elektron loyihani o‘z ichiga olgan “ERP SPORT” yagona elektron platformasini ishga tushirish doirasida joylarda amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan tanishildi.




