Joriy yilning 2-mart kuni Yoshlar siyosati va sport vazirligi ishchi guruhining Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat safari davomida ishchi guruh a’zolari, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori Tursunaliyev llhomjon Axmedovich,Yoshlar siyosati va sport vazirligining Milliy etno va noolimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Yariev Jahongir Boboraim oʻgʻli va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri v.v.b. Allanazarov Adilbek Rustamovichlar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutning Nukus filialiga tashrif buyurishdi. Tashrif chogʻida ishchi guruh a’zolari Nukus filialida yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, sport zali, shaxmat xonasi, boʻlimlar va kafedralar uchun ajratilgan xonalar va oʻquv xonalari bilan tanishdi.
Bundan tashqari filial xodimlari bilan uchrashib, sohaga oid savollar va bugungi kun talab qilinayotgan vazifalar, yechilishi zarur boʻlgan muammolar haqida gaplashib olishdi. Oʻz navbatida xodimlarning fikr va takliflari tinglandi.




