“Master klass” tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Xalqaro aloqalar bo‘limi boshligʻi” Boymatov Xabipjon Xusanboevich tomonidan joriy yilning 27-mart kuni Nukus filiali mart oyi “Jismoniy tarbiya fani oʿqituvchisi” yoʿnalishi tinglovchilari uchun “Yengil atletika sektor anjomlari, zamonaviy usullari, qoidalari” mavzusida “Master klass” tashkil etildi. Master klassda yengil atletika anjomlaridan foydalanishda zamonaviy usullari va qoidalar haqida aytib oʻtdi.