Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta oʻqituvchisi Pardaev Bahrom Pulatovich tomonidan joriy yilning 27-mart kuni Nukus filiali mart oyi “Jismoniy tarbiya fani oʿqituvchisi” yoʿnalishi tinglovchilari uchun “Harakatli oʻyinlar va uni oʻqitish uslubiyati” modulidan “Harakatli oʻyinlarni oʻquvchilar yoshiga mos holda tanlash ”mavzusida “Master klass” tashkil etildi. Master klassda maktab yoshidagi bolalarga harakatli oʻyinlarni tanlashda ularning yoshlarini hisobga olish, qaysi yoshdagi bolalarga qanday oʻyinlarni oʻynatish haqida aytib oʻtdi.




