Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida Vazirlar Mahkamasining 355-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 92 ball to‘plagan Boks sport turidan malakali trener Muzaffarov Maʼrufjon Maqsutovich tomonidan 28-mart kuni Nukus shahar Yakka kurash sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida “Boks” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsiga “Boks” guruhi tinglovchilari va sportchilar ishtirok etdilar.





