Mahorat darsi tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida Vazirlar Mahkamasining 355-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, kasbiy faoliyati natijalari bo’yicha 100 ball toʻplagan Boks sport turidan malakali trener Sodiqov Mirxon Usmonjonovich tomonidan 28-mart kuni Nukus shahar Yakka kurash sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida “Boks” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsiga “Boks” guruhi tinglovchilari va sportchilar ishtirok etdilar.