Nukus filialida “Zakovat” viktorinasi tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi b.f.b.f.d (PhD) G.Ilyasova tomonidan joriy yilning 28-mart kuni, tinglovchilarning bo‘sh vaqlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari yo‘nalishi 4 guruhi tinglovchilariga “Zakovat” viktorinasi tashkil etildi. Zakovatning asosiy maqsadi, tinglovchilarning bilim darajasini yanada mustahkamlash, malaka oshirishda olgan bilimlarini takomillashtirish hisoblanadi. Zakovatda tinglovchilar 3 guruhlarga ajratilib har bir guruhga mantiqiy savollar topishmoq va skanvordlar berildi.