Joriy yilning 5-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali va Respublika suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida:
🗄tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish;
🗄tomonlarni qiziqtiruvchi ilmiy-texnikaviy yangiliklar bo‘yicha o‘zaro axborot almashish;
🗄tomonlarni mutaxassislari va professor-o‘qituvchilarining o‘zaro tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish hamda malakali mutaxassislarni mashg‘ulotlarga jalb etish yuzasidan birgalikda kelishib olindi.




