Nukus filialida “Kitoblar koʻrgazmasi” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob maxsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi PQ-3271- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nukus filialida joriy yilning 6-iyun kuni filial kutubxonachisi N.Dauenova tomonidan iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Kitoblar koʻrgazmasi” tashkil etildi. Koʻrgazmada barcha yoʻnalishlarga tegishli kitoblar boʻyicha ma’lumotlar berildi.