Nukus shahar 1-son sport maktabida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi

Joriy yilning 22-aprel kuni Nukus filiali «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi o‘qituvchisi p.f.b.f.d PhD Xojametov Ajiniyaz tomonidan 1-son sport maktabi kurash bazasida aprel oyida malakalarini oshirayotgan Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar yo‘nalishi Kurash guruhi tinglovchilari uchun “Sport pedagogik mahoratni oshirish” modulidan amaliy mashgʻulot tashkil etildi.