📌Nukus filialida «Qisqa masofaga yugurishni takomillashtirish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 22-aprel kuni aprel oyi “Sport ta’lim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi Yengil atletika va velosport guruhi tinglovchilari uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali o‘qituvchisi, Belarus Respublikasi Polesk davlat universiteti magistranti Lemzyakova Mariya Sergeevna bilan «Qisqa masofaga yugurishni takomillashtirish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida yengil atletikada qisqa masofaga yugurish fazalari, ularning e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan taraflari va ahamiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.