Nukus filialida Nukus shahar Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi Kurash bazasida mahorat darsi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 90 ball to‘plagan “Kurash” sport turi bo‘yicha malakali trener Daniyarov Nokisbay Polatovich tomonidan 24-aprel kuni Nukus shahar Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi Kurash bazasida “Kurash” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov va sportchilar ishtirok etdilar