O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 98 ball to‘plagan “Yengil atletika” sport turi bo‘yicha malakali trener Kolesnikov Oleg Anatolivich tomonidan 24-aprel kuni Nukus shahar 1-son sport maktabi Yengil atletika bazasida “Yengil atletika” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov va sportchilar ishtirok etdilar





