Joriy yilning 19-iyun kuni Sport vazirligi binosida tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri, Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi birinchi Vitse-prezidenti Adkham Ikramov, Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpibayeva, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova, hamda kurash federatsiyasi mas’ullari ishtirok etishdi.
Ular qatorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri A.Allanazarov Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali direktori Q.Mamutov, “O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi” ijrochi direktori ishtirok etdi.





