🔵Nukus filialida yangi hamkorlik aloqalari . . .

Joriy yilning 17-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Nukus filiali va Qozog‘iston Respublikasi  Orleu Almati viloyati malaka oshirish instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik memorandumini tuzishdan maqsad: yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlash, soha vakillarini xorijiy mutaxassislar bilan  tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy mutaxassislarni mashg‘ulotlarga jalb etish.