📌Mahorat darsi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 87 ball to‘plagan “Universal jang” sport turi bo‘yicha malakali trenerlar Muxtarov Amirbek Sharipovich va 93 ball to‘plagan Sadullaev Aziz Izzatovichlar tomonidan Nukus oliy sport mahorati maktabi Og‘ir atletika bazasida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Universal jang sportidagi texnika, taktika va mashqlar amalda bajarildi. Tinglovchilar amaliy mashqlardan ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.