📌Mahorat darsi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 97 ball to‘plagan “O‘zbek jang san’ati” sport turi bo‘yicha malakali trener Rajapov Ravshan Sadullo o‘g‘li tomonidan Nukus oliy sport mahorati maktabi Og‘ir atletika bazasida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat dars mavzusi “Kompleks mashqlar” bo‘lib O‘zbek jang san’ati sport turida foydalaniladigan mashq turlari amalda bajarildi. Tinglovchilar amaliy mashqlardan ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.