📌Mahorat darsi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 95 ball to‘plagan “Universal jang” sport turi bo‘yicha malakali trenerlar Giyasov Temur Baxchilloyevich va 98 ball to‘plagan Giyasov Tolibbek Temurovichchlar tomonidan Nukus oliy sport mahorati maktabi Og‘ir atletika bazasida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Universal jang sportida sportchilarni saralash haqida tushunchalar berildi va musoboqa oldi tayyorgarlik jarayoni va mashqlar amalda bajarildi. Tinglovchilar amaliy mashqlardan ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.