Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 5-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01 raqamli Ilmiy kengashda, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali o‘qituvchisi Bazarbayev Paraxat Amangeldiyevichning “Oʻquv-mashgʻulot bosqichidagi gandbolchilarining jismoniy tayyorgarligini maxsus mashqlar yordamida rivojlantirish” mavzusidagi 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
👏P.Bazarbaev ushbu Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Hamkasbimizni ilmiy daraja bilan chin dildan muborakbod etamiz. Ilm yo‘lida olib borayotgan izlanishlarida zafarlar tilab qolamiz.




