Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

“Erk – manzilmas. Erk – yo‘ldir…”, deganida naqadar haq so‘zni aytgan edi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim. Darhaqiqat, hurlik bu – doim kurash, mehnat va mashaqqat, intilish bilan bosib o‘tiladigan va uning natijasida yangidan yangi marralar zabt etiladigan nihoyasiz yo‘ldir. Vatanimiz ham bugungi hurlik shabadasining esishi uchun uzoq kurashlarga to‘la shonli yo‘lni bosib o‘tdi.
Ushbu yo‘lning Vatan uchun qanchalar qimmatga tushganini ko‘rgan ota-bobolar mustaqillik haqida gapirilganda ko‘zlariga yosh oladilar, bu ne’matning qadriga yetish haqida uzoq so‘zlaydilar.

Bugun Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislari qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarga Nukus davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” kafedrasi mudiri, PhD E.M. Tleuov taklif etildi. Seminarda filial xodimlari va sentabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.