“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi”munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan, shuningdek, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali «Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi Tleuov Erkinbay Muratbayevich “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ustozni institut jamoasi nomidan erishgan yuytuqlari bilan chin dildan muborakbod etamiz. Taʼlim sohasidagi olib borayotgan ilmiy-pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.




