Joriy yilning 17-dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 3-maydagi 01/727-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Eng xushmuomala xodim” hamda “Eng ma’naviyatli xodim’’ tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov onlayn shaklda o‘tkazilib, anonim ovozlar yig‘ildi va natijada -“Eng xushmuomala xodim”nominatsiyasi “Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi bosh mutaxassisi Saribayeva Amangulga va “Eng ma’naviyatli xodim’’ nominatsiyasi “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi p.f.b.f.d PhD Bazarbayev Paraxatga nasb qildi. Nominatsiya egalariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘asi va pul mukofoti berildi.
Jamoamiz nomidan nominatsiya egalarini chin dildan muborakbod etamiz va hamisha namuna bo‘lib yurishlariga tilakdoshmiz.




