Prezident qarori ijrosi

Nukus filialida tinglovchilar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi “Yoshlarning sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish to’g’risida”gi PF-443-sonli qarori ijrosini taʼminlash va tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Nukus filiali shaxmat xonasida dekabr oyi malaka oshirish kursi Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar yo‘nalishi tinglovchilari o‘rtasida joriy yilning 19-dekabr kuni filial sport targʻibotchisi O.Omirzaqov tomonidan “Shaxmat” sport turidan musobaqa tashkil etildi.