Yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz!

🏅 Institut Nukus filialining o‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abatov Jumabay Baxtibayevich “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak mukofotni Nukus filiali direktori, dotsent Q. Mamutov tantanali ravishda topshirdi. U mazkur mukofot ta’lim va sport sohasidagi samarali hamda fidokorona mehnat uchun berilgan munosib e’tirof ekanligini ta’kidladi.

Hurmatli Abatov Jumabay Baxtibayevichni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik-xotirjamlik hamda kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎉 Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!

Abatov Jumabay Baxtibayevichni taqdirlash — 1
Abatov Jumabay Baxtibayevichni taqdirlash — 2
Abatov Jumabay Baxtibayevichni taqdirlash — 3