Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyoti» kafedrasi o‘qituvchisi Primbetov Azamat Auesbayevichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida

Primbetov Azamat Auesbayevichning 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “12-14 yoshli erkin kurashchi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi (pedagogika fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi 2023-yil 15-iyun kuni soat 12:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: 111709, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19- uy. “B” bino kichik majlislar zali.