O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida kasbiy faoliyati natijalariga ko’ra 86 ball toʻplagan iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchisi Odambayev San`atbek Erkinbayevich tomonidan 17-iyun kuni mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida filial direktori Q.Mamutov, Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring bo‘limi boshligʻi R.Sariyev, kurash sport turi bo’yicha Хalqaro toifadagi trener S.Jusipbekov va sportchilar ishtirok etdilar.



