✅ O‘quv jarayoniga tajribali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 22-sentabr kuni sentabr oyidagi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Osetiya Respublikasidan tashrif buyurgan oliy toifali trener Kosave Stanislav tomonidan “Dzyudo sport turida texnik harakatlarni takomillashtirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida mashq jarayonida qo‘llaniladigan texnik-taktik harakatlar amaliy tarzda namoyish etildi, shuningdek, trenerlik vazifalari va trenerning o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida ma’lumotlar berildi.




