2021 yil 26-oktabr kuni Nukus filialida Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro tajriba almashish maqsadida, Xalqaro Qozoq-Turk universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, akademik Orazov Shamurat Boymanovich bilan birgalikda anʼanaviy va onlayn tarzda XALQARO SEMINAR tashkil etildi.Seminarga filial xodimlari va oktabr oyi “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar” yo‘nalishi tinglovchilari qatnashdi. Qatnashish istagida bo‘lgan boshqada ishtirokchilarga onlayn tarzda seminarga qatnashish imkoniyatlari yaratib berildi.




