2021-yil 26-oktabr kuni Nukus filali “Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini tashkil etish bo‘limi” boshlig‘i J. Kaypov va bo‘lim qodimlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 25 dekabrdagi «Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari reja jadvali va tinglovchilar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 1647-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nukus Malaka oshirish rejasining bajarilishi va 2022-yil malaka oshirish rejasi ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha Buxoro viloyati Xalq ta’limi Boshqarmasi, Xorazm viloyati Xalq ta’limi Boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufdagi shaxar va tuman metodistlari bilan birgalikda konferentsiya tashkil etildi.




