Joriy yilning 5-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali va Poles davlat universiteti oʻrtasida onlayn tarzda hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnoma imzolash jarayonida Belarus davlat ta’lim vaziri Ivanets Andrey Ivanovich, Poles davlat universiteti rektori Dunay Valeriy Ivanovich va Nukus filiali rahbariyati ishtirok etishdi va bugungi kundagi sport va ta’lim sohasidagi yangiliklar yuzasidan fikr almashishdi.
Tomonlar ushbu hamkorlik doirasida:
✅ sport pedagogikasi va sportchilarni sportga tayyorlash jarayoni mavzusida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishga ko‘maklashish;
✅ olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha uslubiy materiallar almashishni amalga oshirish;
✅ sportchilarni sportga tayyorlash amaliyotiga innovatsion texnologiyalarni faol tatbiq etishga ko‘maklashish kabi ishlar yuzasidan birgalikda ishlash boʻyicha kelishib olishdi.




