Nukus filialida ochiq dars oʻtkazildi

Joriy yilning 8-sentabr kuni Nukus filialida sentabr oyi malaka oshirish kursi “Sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchi” yoʻnalishi “Futbol” guruhi tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi Bekmuratov Dauletmurat Maxsetovich tomonidan “Sport mashgʻuloti nazariyasi va uslubiyati” moduli bo‘yicha “Sport mashgʻulotlarida yuklama va uni sportchilar organizmiga ta’siri” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.

Ochiq darsda tinglovchilarga sport mashgʻulotlarida yuklama va uni sportchilar organizmiga ta’siri boʻyicha keng tushunchalar berildi. Ochiq darsda mavzu boʻyicha berilgan tushunchalar zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida mustahkamlandi. Tinglovchilar darsda faol ishtirok etdilar.