Nukus filialida “Taʼlim va sport” mavzusida intellektual ring o‘yini tashkil etildi

Nukus filialida joriy yilning 16-sentyabr kuni filial professor-o‘qituvchilari va sentyabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘rtasida “Taʼlim va sport” mavzusida intellektual ring o‘yini tashkil etildi. Intellektual ringda filial professor-o‘qituvchilaridan va tinglovchilardan tashkil topgan ikkita jamoa ishtirok etishdi. Oyin yakunida filial professor-o‘qituvchilari jamoasi g‘olib deb topildi.