Nukus filiali xotin-qizlari oʻrtasida davra suhbati tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Orazbaeva Navbaxor Maratbayevna tomonidan filialning ichki tartib-qoidalari haqida filialda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat chogʻida ishxonada xodimlar o‘rtasida muloqot madaniyati, kiyinish odobi va mehnat jamoasida har kim o‘zining funktsional vazifalariga mas’uliyatli yondashish borasida fikr mulohazalar olib borildi.