Qoraqalpog’iston Respublikasi sportning yakka kurash turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 93 ball toʻplagan “Erkin kurash” sport turi bo‘yicha malakali trener Otarbayev Dayibek Utebayevich tomonidan 23-sentabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi sportning yakka kurash turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida “Erkin kurash” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi bosh mutaxassisi B.Jemuratov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev va sportchilar ishtirok etdilar.