Nukus filiali tinglovchilari uchun Xorazm Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida amaliy dars tashkil qilindi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 25-sentabr kuni Nukus filiali «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi o‘qituvchisi Niyazov Asqar tomonidan Xorazm Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Gimnastika bazasida Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Boshlang‘ich gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish uslubiyati” moduli 3+1 tizimi orqali amaliy tarzda tashkil qilindi.