Nukus filialida Nukus shahar 1-son sport maktabi karate bazasida mahorat darsi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 93 ball toʻplagan “Karate WKF” sport turi bo‘yicha malakali trener Alieva Zamira Xalillaevna tomonidan 25-sentabr kuni Nukus shahar 1-son sport maktabi karate bazasida “Karate WKF” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring boʻlimi boshligʻi R.Sariyev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev va sportchilar ishtirok etdilar.