Joriy yilning 27-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida sentabr oyi Sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchi yoʻnalishi “Erkin kurash” guruhi tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi A.Pirimbetov tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi sportning yakka kurash turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida Sport pedagogik mahoratini oshirish modulidan amaliy dars tashkil qilindi.
Unda tinglovchilarga amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.




