O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 88 ball toʻplagan “Karate WKF” sport turi bo‘yicha malakali trener Yusupov Sulaymon Sharifovich tomonidan 28-sentabr kuni Nukus shahar 1-son sport maktabi karate bazasida “Karate WKF” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring boʻlimi boshligʻi R.Sariyev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov va sportchilar ishtirok etdilar.




