O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash va tinglovchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Nukus filialida joriy yilning 28-sentabr kuni Xorazm Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sentabr oyi Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi yoʻnalishi tinglovchilari oʻrtasida “Mini futbol” sport turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi va gʻoliblar aniqlandi. Gʻoliblar diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.





