O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 85 ball toʻplagan “Yunon-rum” sport turi bo‘yicha malakali trener Djumayev Shaxobiddin Shamsiddinovich tomonidan 18-oktabr kuni Nukus shahar Qoraqalpog’iston Respublikasi sportning yakka kurash turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida “Yunon-rum” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshligʻi J.Kaypov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov va sportchilar ishtirok etdilar.




