Nukus oliy sport mahorat maktabi bazasida “Dzyudo” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 85 ball to‘plagan “Dzyudo” sport turi bo‘yicha malakali trener Jiyemuratov Barlikbay Yermamutovich tomonidan 21-oktabr kuni Nukus shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorat maktabi bazasida “Dzyudo” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayyonlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i J.Kaipov, bosh mutaxassis B.Jiyemuratov, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri v.v.b. A.Xojametov, “Dzyudo” guruhi tinglovchilari va sportchilar ishtirok etdilar.

l