Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 14- dekabr kuni «14-dekabr Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganiga 31 yil» munosabati bilan filial xodimlari va dekabr oyi malaka oshirish kurslari tinglovchilariga «Sроrt psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri N.Tleubergenova tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug’ sanalishi va unda aks etgan belgilar va ranglar ma’nolari haqida aytib o‘tildi.




