Nukus filiali xodimlari Qozog‘istonda

Joriy yilning 13-iyun kuni Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari bandlarida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan Nukus filiali O‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Abatov va «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi o‘qituvchisi p.f.b.f.d (PhD) A.Xojametovlar xizmat safari bilan Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universitetiga yetib borishdi va
yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Shuningdek Jismoniy tarbiya va Boshlang‘ish harbiy tayyorgarlik (Дене шынықтыру және алғашқы әскерий дайындық) fakulteti dekani p.f.b.f.d (PhD) Ospankulov Ernar Erlan uli, kafedra mudirlari Tolegen uli Nurjan, Ilyasova Amangullar bilan uchrashib, bugungi kunda sohada olib borilayotgan izlanishlar va ilmiy ishlar haqida suhbatlashdi.