«Maktablarda jismoniy tarbiya fanlarini o’qitish uslublarini takomillashtirish» mavzusida  davra suhbati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-392-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 22-aprel kuni Nukus filiali direktori dotsent Q.T.Mamutov tomonidan «Maktablarda jismoniy tarbiya fanlarini o’qitish uslublarini takomillashtirish» mavzusida  Nukus shahar 24-son Umumta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari bilan  davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida maktablarda jismoniy tarbiya fanlarini o’qitish uslublarini takomillashtirish yuzasidan fikr va mulohazalar yuritildi.